Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
24 апреля 2024 г.
Yangi O‘zbekiston –kitobxonlar yurti

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi   

Kitobxonlik haftaligi

Yangi O‘zbekiston –kitobxonlar yurti

Kitobxonlik soati

“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”. Ana shu fikrlarining tasdig‘i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish, rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil yuksalmoqda. 22-26 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham yuqoridagi fikrlarning yaqqol namunalaridan biridir.

Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning uchinchi kunida 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” mavzusida  kitobxonlik soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh avlodning bilim olishi, xalqimizning boy ma’naviy merosini tiklash, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish, o‘zbek adabiyotining yetuk namunalarini asrab-avaylash va kelajak avlodga bust-butun yetkazish, oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini va yoshlarni milliy adabiyotga, ona vatanga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash haqida fikr mulohazalar bildirildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sovrinli viktorina o‘tkazildi.

Shuningdek, haftalik doirasida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi parallel tadbiri o‘tkazildi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil