Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 апреля 2026 г.
Mahalla ko’chasidagi ma’rifat mayog’i

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 17-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Bugun VI - Respublika Kitobsevar millat- shiori ostida bo’lib o’tgan “ Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi direktori S. Axmedova “Mahalla ko'chasidagi ma’rifat mayog’i” nomli ma’ruzasi bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida ishtirok etdi.

 

📚 S.Axmedova o’z ma’ruzasida Zangiota tumani  mahalla kutubxonalari, kitobxon avlodni tarbiyalash yo’lida amalga oshirlayotgan vazifalar va Alimbuva mahallasi faoli Abduvali Xolmahmudovning mahalla ko’chalarida tashkil etayotgan “MEHRLI QALB MASKANI” nomli loyihasi, zamonaviy tilda aytganda  “MOBILE KUTUBXONA” lari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. U  kishining bu ezgu tajribasini  yurtimizning boshqa mahallalarida ham qo’llash zarurligini targ’ib qildi. Shuningdek, bu tadbirda Abduvali otaning o’zlari ham ishtirok etib, bu loyihani boshlashlariga nima turtki bo’lgani, ish tajribalari va “ ILMDAN BOSHQA NAJOT YO’Q” degan hayotiy shiorlari bilan o’rtoqlashdilar. Tadbir yakunida S. Axmedova va A. Xolmahmudov O’zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkent viloyati “TURON” axborot kutubxona markazining tashakkurnomasi hamda badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

 

Sayt | Instagram |

Facebook | YouTube | telegram

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil