Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 ноября 2025 г.
Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

#shukuh 
#bayroq_34

🇺🇿“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan bayroq estafetasi Zangiota tumaniga yetib keldi.

Bugun esa ramziy bayroq estafetasi Chinoz tumanidan Zangiota tumaniga yetib keldi. Tadbir tantanavor tarzda, milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat va birlik tuyg‘ulari ila boshlandi.

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov yurtimiz sha’ni va g‘ururini ifodalovchi ramziy bayroqni Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamovga tantanali ravishda topshirdi. O‘z navbatida Zangiota tumani hokimi so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etdi.

U o‘z nutqida yurtimiz bayrog‘i nafaqat yurtimiz osmonida, balki barcha sohalardagi yutuq va g‘alabalarimizda, xalqimizning mehnati va intilishlarida yuksaklarda hilpirashini tilab, bugungi tadbirning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda tuman faollari, yoshlar, sportchilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bayrog‘imizga bo‘lgan cheksiz hurmat va faxr tuyg‘usini yana bir bor namoyon qildilar.

Zangiotaga kirib kelgan bayroq estafetasi esa yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan ulug‘vor g‘oya — birlik, birdamlik va Vatanga muhabbat ramzi sifatida ertaga navbatdagi manziliga yo‘l oladi📍

✅Telegram (https://t.me/Zangiotatumanihokimligi) |✅YouTube (https://youtube.com/@zangiotatumanhokimligi9256)I
✅Fecebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100084808844933&mibextid=ZbWKwL)
|🌐Website (https://zangiota.uz/)I✅Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==)

Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil