#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar davomiyligi, Vatanga sadoqat va yurt tinchligini asrashdek yuksak qadriyatlar haqida fikr almashdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Erkin Rustamov yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy tabriklab, xalqimizning mardlik va matonatga boy tarixini yodga oldi. U, ayniqsa, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz faxriylarimizning fidokorona xizmatlari evaziga ekanini alohida ta’kidlab, yoshlarni ana shunday ulug‘ an’analarga munosib bo‘lishga chaqirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida so’zga chiqqan respublika “Nuroniy” lar jamiyatining Toshkent viloyati bo’limi rahbari Abdusamad Nosirov, taniqli xonanda, tarixchi olim Hojiakbar Hamidov va boshqa faxriylar ishtirokchilar bilan o‘z hayotiy tajribalari, xotiralari va ibratli voqealar bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodga saboq bo‘ladigan fikrlarni bildirdilar.
📚 Tadbir yakunida axborot- kutubxona markazi mutaxassislari “Xotira- kelajak uchun ibrat” nomli kitob ko’rgazmasidan joy olgan X.Sultonovning “Yaldo kechasi”, O.To’rayevaning “Donolar hikmati-hayot ziynati”, Sh.Isaxonovaning “Bibixonim”, I.Rahmonning “Olovli guldasta” kitoblarini yig’ilganlarga o’qish uchun tavsiya qildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …