Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
12 апреля 2023 г.
“Kitobxonlik haftaligi”ning uchinchi kuni

#zangiota_AKM
#kitobsevar_millat
#kitobxonlik_haftaligi
Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. “Kitobxonlik haftaligi”ning uchinchi kunida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida ochiq osmon ostida she`riyat kechasi o`tkazildi. Ulugʻlarning ijodi yoshlarni maʼnan yuksaltirib, chinakam vatanparvarlarga aylantirishi, she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin ifodalashi haqida fikr yuritildi. Faol kitobxonlar tomonidan yoshlik, ona yurt va unga muhabbat tuyg`ularini aks ettiruvchi she`rlar yod olindi. Shuningdek, o`quvchilarning bilimlarini baholash maqsadida rebus o`yinlari va tezkor savol-javoblar o`tkazilib, axborot-kutubxona markazining esdalik so`vg`alari bilan taqdirlandilar.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil