Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
8 апреля 2021 г.
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Maroqli mutolaa" nomli davra suhbati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori bilan “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” Milliy dasturida belgilangan “Kitobxonlik haftaligi doirasida” Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent viloyai “TURON” axborot-kutubxona markazi va Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Oilamiz bilan kutubxonaga…”, “Kitobxon oila” loyihalari asosida  “Maroqli mutolaa” nomli davra suhbati o'tkazildi. Shuningdek Milliy kutubxona tomonidan tashkillashtirilgan kitob karvoni “Bibliobus” tuman markazi va Nazarbek MFY siga tashrif buyurib, yangi chop etilgan sara kitoblarning yarmarkasi o’tkazildi. Tadbirda 3 nafar faol kitobxon oilalar  “Kitobsiz yashab bo’lmas”, “Kitob ma’naviyatning qanotidir”,  “Kitobning oilamizda tutgan o’rni” mavzularida o’zlarining fikr muloxazalari bilan o’rtoqlashib oilada kitob o'qishga qiziqtirish usullarini aytib o’tdilar, hamda badiiy adabiyotga oid savollarga tezkor javob berdilar. Tadbirda O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva ishtirok etib, uchchala oilaga  hamda tuman axborot-kutubxona markaziga Milliy kutubxonada chop etilgan sara kitoblardan sovg’a qildi. Shuningdek Toshkent viloyati  “TURON” axborot-kutubxona markazidan Muyassar Maxkamova tomonidan ham oilalarga va AKMga kitoblar  sovg’a qilindi. Tadbirda 80  nafar kitobxonlar ishtirok etib, o’zlari qiziqgan kitoblardan o’qish uchun oldilar. Kunning ikkinchi yarmida shunday tadbir Nazarbek mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazildi. Mahalla idorasiga yig’ilgan yoshlar va aholi hamda kutubxonachilar o’rtasida qiziqarli rebus o’yinlari o’tkazildi. Tadbirda 50 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar. O’tkazigan davra suhbati va qiziqarli o’yinlar, ayniqsa kitob karvoni “Bibliobus”ning tashrifi Zangiotaliklarda katta taassurot qoldirdi. Davra suhbati ishtirokchilari tadbirdan so’ng kutubxonaga a’zo bo’lib, ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil