Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan aprel oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar rejasi:
1. 4-apel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 2-aprel-xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan bolalar uchun yangi adabiyotlar ko'rgazmasini tashkil etish.
2. 7-aprel kuni “Nihol” MFYda Biz kim mulki turon, amiri Turkistonmiz» Sohibqiron A.Temur tavalludi kuni munosabati bilan mavzuli ma'naviy-ma'rifiy kecha o’tkazish.
3. 8-aprel kuni Agrosanoat KXKda “Zakovat” intelektual o’yini ( Kitob mening taqdirimda loyixasi asosida 19-30 yosh toifasida) o’tkazish.
4. 8-aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “El ardogidagi shoir” Po'lat Mo'min tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir, kitob ko'rgazmasini tashkil etish.
5. 18-aprel kuni “Nazarbek”MFYda Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuniga bag‘ishlab “Tabarruk maskan” deb nomlangan davra suhbati, kitob ko‘rgazmasi tashkil etish.
6. 18-aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilishi: “Bilim subxidagi nur ham kitobdir” deb nomlangan viktorina, savol-javoblar kechasi o’tkazish.
7. 19-aprel kuni “Bozsuv” xududida “Zakovat” intelektual oyini ( Kitob mening taqdirimda loyixasi asosida 19-30 yosh toifasida) o’tkazish.
8. 20-aprel kuni “Kattachinor” MFYda “Kitoblar-qalbni uygotadi” deb nomlangan sayyor kitob ko'rgazmasi tashkilo etish.
9. 21-aprel kuni “Bogzor” MFYda “Malikaday ulug'vor, onaday mehrli” O‘zbekiston xalq shoiri O.Hojiyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan she'riyat kechasi o’tkazish.
10. 22-aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali yopilishi: “Ajoyib bolalar shoiri” O'zbek bolalar ijodkori Abdurahmon Akbar tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Osmonning bolasi” nomli kitobining taqdimotini o’tkazish.
11. 29-aprel kuni 40-maktabda iste`dodli shoir Iqbol Mirzo tavalludining 55 yilligi munosabati bilan kitob ko’rgazmasi tashkil etish.
Barcha kitob sevar do'stlarimizni ushbu tadbirlarga taklif etamiz.
E’lon
Joriy yilning 13-17 aprel kunlari Respublikamizda "KITOBSEVAR MILLAT" shiori ostida VI Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” boʼlib oʼtadi. Ushbu haftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham hafta davomida turli mavzularda xilma-xil tadbirlar boʼlib oʼtishini maʼlum qilamiz!
📖“KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning tantanali ochilishi: : O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludi kuniga bag`ishlangan “Erta …
Ahmedova, S. Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor : [Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar tashabbuslarini qollab - quvvatlash boyicha qoshimcha imkoniyatlarga bagishlangan muloqoti yuzasidan munosabat] / S. Ahmedova // Istiqbol. - 2026. - 27 fev.
Munosabat
Prezidentimizning kitobga e’tibori – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotini katta hayajon bilan kuzatdim.
Muhtaram Prezidentimizning nutqini tinglar ekanman, ayniqsa, kitob va mutolaaga oid chuqur fikrlari har birimizni o‘yga toldirdi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevorini …
📢 E’LON
Aziz tumandoshlar!
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 2-dekabr kuni saot 14:00 da Zangiota tumanining tashkil etilganligining 92 yilligi munosabati bilan “Tumanimiz tarixini bilasimi?” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tadigan tadbirga taklif etamiz!
E’LON
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida
“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar:
✅“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025 axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi: “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi
Vaqt: 10 noyabr, soat 14:00 da
Joyi: Zangiota ixtisoslashgan maktabi
✅ “Dillarda Vatan madhi” She’riyat kechasi “Faol kitobxonlar klubi” a’zolari bilan …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har …