Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
15 марта 2024 г.
Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
            Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!
Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ayniqsa, tinchlik va sog‘liqni ulug‘laydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navro‘zning bu yilgi qadri o‘zgacha. 
Ha, Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Navro‘z qadim va boqiy bayram. Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da shunday bitiklar bor: «Zardo‘shtiylar e’tiqodiga ko‘ra, ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lgan».
Ta’kidlash joiz, Abu Rayhon Beruniy Navro‘z tarixi borasida Sosoniylar (226-650yy) davlati davridagi ajoyib bayram tantanalaridan rivoyatlar so‘ylaydi. U yilning ayrilishini ilmiy asosda isbotlab bergan olimlardan sanaladi. Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21 mart) pallani shunday izohlaydi:
Yuz ochib bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
    Zohir o‘lg‘ondek tunu kun tengligi Navro‘zdin.
Umar Xayyom «Navro‘znoma» asarida shunday deydi: «Qachonki, Hamal qoshidan o‘z aylanish davri bo‘ylab yo‘lga chiqqan oftobni osmon yana uyiga qaytarib keltirsa, uning boshqatdan falak sayriga chiqishdan boshlab olamni o‘zgartirib yuboradigan yangi tarix boshlanadi». 
Al-Hakim at-Termiziy esa o‘zining «Navro‘znoma» asarida Navro‘z va Navro‘z bayrami tafsilotlari barobarida uning kelishi haftaning qaysi kunlarida to‘g‘ri kelsa, yilning qanday kechishini, dehqonchilik, savdo-sotiq hamda boshqa sohalarda tabiat va zamonning avzoyini osmon yoritgichlari harakatlari orqali asoslab beradi va kitob haqida: «Toki har kim o‘qisa, taqvimga muhtoj bo‘lmas va harchand (qancha) zamon o‘tsa ham bu nusxa mansux (eski) bo‘lmas» – deydi.
Bugungi kunda Navro‘z o‘zining umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Barchangizga ayonki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart — butun dunyoda Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Navro‘zni shodiyona qilayotgan xalqimiz bugun «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan ezgu tilaklarini qayta-qayta bildirmoqda.
Aholi farovonligi, yurtimiz ravnaqi ustuvor maqsad bo‘lgan shiddatli islohotlarimizda ham Navro‘z ruhi bor go‘yo! Bu ezgu o‘zgarishlar ham odamlar hayotiga xush yangiliklar olib kirmoqda.
Fursatdan foydalanib jamoamiz nomidan, aziz yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbot etamiz.
Jonajon diyorimiz ulkan to‘yxonaga aylanib, hamisha shodlik, yaratuvchanlik mehnati, bunyodkorlik, xalqning baxtu saodati tantana qilaversin.
Ulug‘ ayyom muborak bo‘lsin!

11 апреля 2026 г.
E’lon

E’lon

 

Joriy yilning 13-17 aprel kunlari Respublikamizda "KITOBSEVAR MILLAT" shiori ostida VI Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” boʼlib oʼtadi. Ushbu haftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham hafta davomida turli mavzularda xilma-xil tadbirlar  boʼlib oʼtishini maʼlum qilamiz!

 

📖“KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning tantanali ochilishi: : O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludi kuniga bag`ishlangan “Erta …

Batafsil
27 февраля 2026 г.
Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor

Ahmedova, S. Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor : [Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar tashabbuslarini qollab - quvvatlash boyicha qoshimcha imkoniyatlarga bagishlangan muloqoti yuzasidan munosabat] / S. Ahmedova // Istiqbol. - 2026. - 27 fev.

Batafsil
26 февраля 2026 г.
Munosabat

Munosabat
Prezidentimizning kitobga e’tibori – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotini katta hayajon bilan kuzatdim.
     Muhtaram Prezidentimizning nutqini tinglar ekanman, ayniqsa, kitob va mutolaaga oid chuqur fikrlari har birimizni o‘yga toldirdi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevorini …

Batafsil
1 декабря 2025 г.
“Tumanimiz tarixini bilasimi?”

📢 E’LON

Aziz tumandoshlar!
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 2-dekabr kuni saot 14:00 da Zangiota tumanining tashkil etilganligining 92 yilligi munosabati bilan “Tumanimiz tarixini bilasimi?” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.

Barchangizni ushbu mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tadigan tadbirga taklif etamiz!

Batafsil
7 ноября 2025 г.
E’LON

E’LON

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 
“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona  haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar:

✅“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025 axborot-kutubxona  haftaligining ochilish marosimi:   “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”   Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi
Vaqt: 10 noyabr, soat 14:00 da
Joyi: Zangiota ixtisoslashgan maktabi

 ✅ “Dillarda Vatan madhi”  She’riyat kechasi  “Faol kitobxonlar klubi” a’zolari bilan  …

Batafsil
30 октября 2025 г.
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har …

Batafsil