Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har yili “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Ko’rik-tanlovda ishtirokchilar o’zaro to’rt shart bo’yicha bellashib g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari Maqsuda Eshmamatova tanlovda munosib ishtirok etib, Zangiota tumani sha’nini himoya qildi. Faxrli uchinchi o’rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
📣 DIQQAT, E’LON!
Iqtidorli va ijodkor yoshlar diqqatiga! O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “UYG‘ONISH” yoshlar adabiy tanlovining Tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Sizda o‘z ijodiy salohiyatingizni namoyon etish, she’riyat yoki nasr yo‘nalishlarida o‘z iqtidoringizni ko‘rsatish imkoniyati bor!
📆 Sana: 2026-yil 22-oktabr
🕒 Vaqt: Soat 14:00 da
📍 Manzil: Zangiota …
Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02
Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02
Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02
Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02
Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02