Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
26 февраля 2026 г.
Munosabat

Munosabat
Prezidentimizning kitobga e’tibori – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotini katta hayajon bilan kuzatdim.
     Muhtaram Prezidentimizning nutqini tinglar ekanman, ayniqsa, kitob va mutolaaga oid chuqur fikrlari har birimizni o‘yga toldirdi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan strategik chaqiriqdir.

Davlatimiz Rahbarining ta’kidlashicha, axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama yetuk, tanqidiy fikrlovchi va ma’naviy immunitetga ega shaxslar etib tarbiyalashda kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi. Kitob – inson tafakkurini charxlovchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi bebaho xazina. U faqatgina ma’lumot beruvchi vosita emas, balki shaxsni komil inson qilib tarbiyalovchi, uning qalbida ezgu g‘oyalarni uyg‘otuvchi qudratli kuchdir.

   Prezidentimizning bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma berilishi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanishi ijodkorlar uchun katta rag‘batdir. Shuningdek, eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanishi milliy adabiyotimizni jahon miqyosida tanitishga, jahon durdonalarini esa xalqimizga yetkazishga xizmat qiladi.

   Ta’lim tizimida ham kitobxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Bu yoshlarimizning adabiy didini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot berilishi esa yoshlarni mutolaaga yanada rag‘batlantiradi.

   Kitob savdosini rivojlantirish va aholiga kitobga bo‘lgan qulaylikni oshirish maqsadida tadbirkorlarga ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga bir milliard so‘mgacha yetti foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yilishi bu sohada tadbirkorlikni rivojlantirishga katta turtki beradi.

   Prezidentimizning bugungi nutqida ilgari surilgan bu keng ko‘lamli tashabbuslar kitobxonlik madaniyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan kompleks yondashuvni aks ettiradi. Bu nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodlar uchun ham mustahkam ma’naviy poydevor yaratishga xizmat qiladi. Zero, kitobli millat – qudratli millatdir.

Men, bir kutubxonachi sifatida, Prezidentimizning nutqidan cheksiz ruhlandim va ilhomlandim. Bu ulkan tashabbuslar va ko‘rsatmalar bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklash bilan birga, kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi. Aholini, ayniqsa yosh avlodni kitobxonlikka oshno qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish yo‘lida bor bilim, tajriba va kuch-g‘ayratimni ishga solishga bel bog‘ladim. Ishonamanki, Prezidentimizning bu ezgu g‘oyalari har bir kutubxonachining qalbida aks sado berib, yurtimizda kitobxonlik harakatini yangi cho‘qqilarga olib chiqadi.

Surayyo AHMEDOVA  Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi rahbari

11 апреля 2026 г.
E’lon

E’lon

 

Joriy yilning 13-17 aprel kunlari Respublikamizda "KITOBSEVAR MILLAT" shiori ostida VI Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” boʼlib oʼtadi. Ushbu haftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham hafta davomida turli mavzularda xilma-xil tadbirlar  boʼlib oʼtishini maʼlum qilamiz!

 

📖“KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning tantanali ochilishi: : O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludi kuniga bag`ishlangan “Erta …

Batafsil
27 февраля 2026 г.
Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor

Ahmedova, S. Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor : [Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar tashabbuslarini qollab - quvvatlash boyicha qoshimcha imkoniyatlarga bagishlangan muloqoti yuzasidan munosabat] / S. Ahmedova // Istiqbol. - 2026. - 27 fev.

Batafsil
26 февраля 2026 г.
Munosabat

Munosabat
Prezidentimizning kitobga e’tibori – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotini katta hayajon bilan kuzatdim.
     Muhtaram Prezidentimizning nutqini tinglar ekanman, ayniqsa, kitob va mutolaaga oid chuqur fikrlari har birimizni o‘yga toldirdi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevorini …

Batafsil
1 декабря 2025 г.
“Tumanimiz tarixini bilasimi?”

📢 E’LON

Aziz tumandoshlar!
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 2-dekabr kuni saot 14:00 da Zangiota tumanining tashkil etilganligining 92 yilligi munosabati bilan “Tumanimiz tarixini bilasimi?” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.

Barchangizni ushbu mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tadigan tadbirga taklif etamiz!

Batafsil
7 ноября 2025 г.
E’LON

E’LON

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 
“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona  haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar:

✅“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025 axborot-kutubxona  haftaligining ochilish marosimi:   “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”   Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi
Vaqt: 10 noyabr, soat 14:00 da
Joyi: Zangiota ixtisoslashgan maktabi

 ✅ “Dillarda Vatan madhi”  She’riyat kechasi  “Faol kitobxonlar klubi” a’zolari bilan  …

Batafsil
30 октября 2025 г.
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har …

Batafsil