Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
25 октября 2021 г.
Bugun 25-oktabr bolalar shoiri, O'zbekiston xalq yozuvchisi Quddus Muhammadiy tavallud topgan kun.

XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.
Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi.
Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashgʻul boʻldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi.
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol oʻynadi. Q. Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida qaygʻurdi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi va bunday deb yozdi:
 
Boʻlay desang bogʻbon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak,
Bariga oʻqish kerak.
 
Bu satrlar uning yosh avlodga nasihatidir.
 

1 декабря 2025 г.
“Tumanimiz tarixini bilasimi?”

📢 E’LON

Aziz tumandoshlar!
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 2-dekabr kuni saot 14:00 da Zangiota tumanining tashkil etilganligining 92 yilligi munosabati bilan “Tumanimiz tarixini bilasimi?” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.

Barchangizni ushbu mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tadigan tadbirga taklif etamiz!

Batafsil
7 ноября 2025 г.
E’LON

E’LON

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 
“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona  haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar:

✅“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025 axborot-kutubxona  haftaligining ochilish marosimi:   “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”   Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi
Vaqt: 10 noyabr, soat 14:00 da
Joyi: Zangiota ixtisoslashgan maktabi

 ✅ “Dillarda Vatan madhi”  She’riyat kechasi  “Faol kitobxonlar klubi” a’zolari bilan  …

Batafsil
30 октября 2025 г.
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har …

Batafsil
13 октября 2025 г.
Maqola

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi direktori Axmedova Surayyo Ikromovnaning "Zangi ota majmuasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixi" nomli maqolasi  INFOLIB axborot-kutubxona jurnalining 3- sonida  hamda EBSCO xalqaro akademik jurnalida chop etildi.

Batafsil
24 сентября 2025 г.
Maqola

Axmedova, S. Kutubxonada "Ochiq eshiklar kuni" : ["Kitib va mutolaa haftaligi" tadbiri] / S.Axmedova // Istiqbol. - 2025. - 19 sent. - N. 37.

Batafsil
28 августа 2025 г.
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga "El-yurt hurmati" ordenini topshirdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga "El-yurt hurmati" ordenini topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram (https://t.me/yozuvchilar_uz) | Instagram (https://www.instagram.com/yozuvchilaruyushmasi_official?igsh=MW42NzA4M2gycW5lOA%3D%3D&utm_source=qr) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1C9rcCHXPB/?mibextid=wwXIfr) | YouTube (https://www.youtube.com/@yozuvchilaruyushmasi)

Batafsil