Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
«Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki»
Umumxalq hashari
Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. 16−18 mart kunlari O‘zbekistonda Navro‘z bayrami arafasida an’anaviy Umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkaziladi. Zero, hashar kunlarida odamlar orasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hamda aholi turar joylarini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga ko‘tariladi.
Hasharni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida barcha davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan puxta hozirlik ko‘rilib, faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Hususan, axborot-kutubxona markazi xodimlari ham bugungi hasharni ko‘tarinki kayfiyatda boshlab, tozalash, obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Daraxtlarga ishlov berib butalash ularni oqlash ishlari amalga oshirildi. AKM bog‘i begona o‘tlardan tozalanib ozoda, fayzli xolatga keltirildi va yon atrofi supurib tozalandi. Kutubxona xodimlari obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
E’lon
Joriy yilning 13-17 aprel kunlari Respublikamizda "KITOBSEVAR MILLAT" shiori ostida VI Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” boʼlib oʼtadi. Ushbu haftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham hafta davomida turli mavzularda xilma-xil tadbirlar boʼlib oʼtishini maʼlum qilamiz!
📖“KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning tantanali ochilishi: : O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludi kuniga bag`ishlangan “Erta …
Ahmedova, S. Kitobga e`tibor - kelajakka qoyilgan mustahkam poydevor : [Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar tashabbuslarini qollab - quvvatlash boyicha qoshimcha imkoniyatlarga bagishlangan muloqoti yuzasidan munosabat] / S. Ahmedova // Istiqbol. - 2026. - 27 fev.
Munosabat
Prezidentimizning kitobga e’tibori – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotini katta hayajon bilan kuzatdim.
Muhtaram Prezidentimizning nutqini tinglar ekanman, ayniqsa, kitob va mutolaaga oid chuqur fikrlari har birimizni o‘yga toldirdi. Bu shunchaki so‘zlar emas, balki Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevorini …
📢 E’LON
Aziz tumandoshlar!
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 2-dekabr kuni saot 14:00 da Zangiota tumanining tashkil etilganligining 92 yilligi munosabati bilan “Tumanimiz tarixini bilasimi?” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tadigan tadbirga taklif etamiz!
E’LON
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida
“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar:
✅“INFOLIB O'ZBEKISTON-2025 axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi: “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” Yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi
Vaqt: 10 noyabr, soat 14:00 da
Joyi: Zangiota ixtisoslashgan maktabi
✅ “Dillarda Vatan madhi” She’riyat kechasi “Faol kitobxonlar klubi” a’zolari bilan …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi
Ko’rik tanlov
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini hamda ularda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, aholiga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni targ'ib qilish maqsadida, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida har …